http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

OKMK: Qudratli yangilanishlar yo’lida faqat oldinga!

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qadrli mehnatkashlari, hurmatli mehnat faxriylari, hamshaharlar!

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi hamda “SFI Management Group” kompaniyasi boshqaruvchisi nomidan sizlarni butun O’zbekiston xalqi uchun qadrli va aziz bo’lgan bayram - ona Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Bu qutlug’ sana barchamiz uchun yangi davr debochasi bo’lgan holda yangi, erkin mustaqil hayot uchun imkoniyatlar muqaddimasi bo’lib qoldi.

Bugun respublikamizda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida ulkan bunyodkorlik ishlari ketmoqda. Bu harakatlarning qamrovi bebaho: so’nggi ikki yil ichida O’zbekistonda minglab yangi ishlab chiqarish ob’ektlarining faoliyati yo’lga qo’yildi, xususiy tadbirkorlik rivojiga har tomonlama ko’mak berilmoqda, kichik biznes rivojiga e’tibor ortgan, eksport mahsulotlari hajmi va geografiyasi tobora kengaymoqda, shaharlarda turar-joy majmualari va qishloq joylarida aholi uchun shinam uylar bunyod etilmoqda. Bularning barchasi xalqimiz uchun amalga oshirilayapti va ko’p millatli davlatimiz fuqarolari farovonligini oshirishga yo’naltirilgan

Bu kabi bunyodkorlik ishlarining faol ishtirokchisi sifatida albatta, bizning Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham hisoblanib, mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishiga salmoqli hissa qo’shib kelmoqda.

Bugunga kelib “SFI Management Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan rivojlantirish strategiyasi doirasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasi tomonidan barcha ko’zda tutilgan ishlab chiqarish ko’rsatkichlari muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda.

Joriy yilning o’tgan yetti oyi davomida jamoamiz tomonidan 3 trln. 574 mlrd. 424 mln. so’mdan ziyod tovar mahsuloti ishlab chiqarildi, bu amalda basharot ko’rsatkichlari bo’yicha 107,9 foizni tashkil etdi. O’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish sur’atlari 130 foizni ko’rsatmoqda. Yakuniy mahsulotlar bo’yicha bashorat ko’rsatkichlari ham e’tiborga molik: katodli mis - 121,6%, rux - 120,6%, oltin - 107,1%, kumush - 157,6%, sement ishlab chiqarish bo’yicha o’sish sur’atlari 231,6%dan yuqori bo’ldi.

508 mln. 740 ming so’mlik mahsulotlar eksport qilinib, bu yo’nalishda bashorat ko’rs atkichlari 151,3%dan yuqori bo’lganini ko’rsatmoqda.

Biz mahsulotlar assortimenti va geografiyasini sezilarli darajada kengaytirishga muvaffaq bo’ldik, joriy yilda an’anaviy mahsulotlar qatorida palladiy, qo’rg’oshin keki, vismut shlami, portlandsement eksport qilindi.

Joriy yilda yonilg’i-energetika manbalari, xom ashyolar, materiallar, mehnat harajatlarini qisqartirishga alohida e’tibor qaratildi, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, mehnatni to’g’ri tashkil qilish, sarf-harajatlarni optimallashtirish evaziga yuqoridagi natijalarga erishildi.

Buning natijasida energiya manbalari uchun harajatlar bashorat qilingan 234 mlrd. so’m, xom ashyolar uchun harajatlar 129 mlrd. so’mga qisqartirildi. Umumiy tejamkorlik 3,1%, bashoratga nisbatan 11,9%ni tashkil etdi.

Jahon arenasidagi keskin raqobat muhitida fanning yuqori yutuqlari va eng so’nggi zamonaviy texnologiyalar hisobiga kombinatni modernizatsiyalash va yangilash, ichki imkoniyatlarni qidirib topish asosiy vazifamiz bo’lib qoladi. O’zbekiston va Koreya Respublikasi o’rtasidagi xalqaro hamkorlik doirasida nodir metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida nodir metallar va qattiq qotishmalar bo’yicha O’zbekiston-Koreya ilmiy-texnologik markazi ochildi. Yangi mahsulotlar, materiallarni rivojlantirish, yuqori sifatli metallar - molibden, reniy, volfram va boshqa nodir metallarni olish bo’yicha texnologiyalarni ishlab chiqish kabi masalalar mazkur markaz faoliyatining asosini tashkil etadi.

Yangi xom ashyo zahiralarini o’zlashtirish bilan bir qatorda texnogen kon maydonlarini qayta ishlash muammolari asosiy vazifalarimizdan biri bo’lib qoladi. Aynan shu muammoga bag’ishlangan aprel oyida o’tkazilgan xalqaro konferensiya ishida dunyoning o’ndan ortiq davlatlarining yirik olimlari, mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot institutlari va yirik kompaniyalar ishtirok etishdi. Konferensiyada bayon qilingan xulosalar va takliflar bugun kombinatning balansorti rudalarini qayta ishlash bo’yicha loyiha ishlari yakuniy qarorlarida o’z aksini topgan.

Kombinat mehnatkashlari va Olmaliq shahrining ijtimoiy masalalari yechimiga bu yil alohida e’tibor qaratildi.

Xalqaro rangli metallar bozorida yilning birinchi yarmida bizning asosiy mahsulotimiz - mis va ruxning narxi sezilarli darajada tushib ketishiga qaramasdan, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi hamda “SFI Management Group” kompaniyasi boshqaruvchisi tomonidan joriy yilning 1 sentyabridan mehnat haqlarini 15%ga oshirishga qaror qilindi. Kombinat korxonalarida boshlab yuborilgan mehnat sharoitlarini yaxshilash bo’yicha ishlar davom ettirilmoqda: oshxonalar, maishiy xonalar, sanitariya qurilmalari, yuvinish xonalari ta’mirlanayapti, sexlar va sanoat hududlarida namunali tartib o’rnatilayapti, ishlab chiqarish estetikasiga keng e’tibor qaratilib borilmoqda, bu ishlar albatta, odamlarning kayfiyatiga, shu bilan birga ish samaradorligi oshishiga xizmat qilishi shubhasiz.

O’tgan yilning avgust oyidan beri o’tgan davr ichida “Metallurg” Madaniyat saroyi rekonstruksiya qilindi, 10 ta yetti qavatli uy “Mustaqillikning 27 yilligi” mikrorayonida foydalanishga topshirildi, shuningdek, ushbu manzilda 2 ta bolalar ta’lim muassasasi ochildi, kombinat balansida bo’lgan turar-joylar va bolalar bog’chalarini ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda. Olmaliq va Chirchiq shahrida joylashgan kombinat profilaktoriylarini rekonstruksiya qilish boshlab yuborildi. O’tgan yili ochilgan Ilmiy tadqiqotlar texnologik universiteti “MISiS”ning birinchi bosqich talabalari kuni kecha o’quv yilini yakunladi, aynan mazkur oliygoh negizida tabiiy fanlar chuqur o’rgatiladigan ixtisoslashtirilgan maktabni qurish masalasini bugun ko’rib chiqayapmiz.

Olmaliq shahrini obodonlashtirish ishlariga ham kombinat katta hissa qo’shib kelmoqda, aynan buning evaziga so’nggi yilda shahrimiz xalqaro turnirlar, festivallar, madaniy tadbirlarni o’tkazish manziliga aylandi va eng yuqori martabali, nufuzli mehmonlarni qarshi olishga jozibali va qulay shaharga aylanib borayapti.

Oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Yaqin yillar ichida biz 3 mlrd. 349,8 mln. dollarga teng bo’lgan xom ashyo bazalarini kengaytirish, kombinat ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishga yo’naltirilgan investitsiyalarni o’zlashtirishni rejalashtirganmiz.

MDH davlatlari orasida eng yirigi bo’lgan holda yiliga 60 mln. tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega yangi 3-MBFni qurish ishlari boshlab yuborildi.

“Yoshlik I” konini o’zlashtirishning yuqori sur’atlarda borishi 3-MBFni qurish, Mis eritish zavodini modernizatsiyalash va yangi quvvatlarni bunyod etish, 2023 yilga kelib yiliga 100 mln. tonna rudani qazib olish, 250 ming tonna miqdorida katodli mis, 120 ming tonnaga teng metalli rux ishlab chiqarish, qimmatbaho va nodir metallar ishlab chiqarishni oshirish hamda minglab yangi ish o’rinlarini yaratish imkonini beradi.

Iste’dodli va yuksak mahorat egalari hisoblangan mehnatkashlar ishlab kelayotgan, boy tajriba va salohiyatga, davlatimiz va kombinatimizga fidoyi bo’lgan bizning ko’p millatli jamoamiz bu kabi keng qamrovli vazifalarni sharaf bilan uddalashiga ishonaman.

Qadrli do’stlar!

Buyuk shodiyonamiz - O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi kuni bilan barchangizni chin yurakdan muborakbod etaman! Sizga va oila a’zolaringizga farovonlik, barcha ko’zlangan orzular yo’lida muvaffaqiyat, tinchlik va omonlik tilayman!

Abdulla XURSANOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech