http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

OKMK hurmatli mehnatkashlari va faxriylari!

on .

“SFI Management Group” kompaniyasi nomidan barchangizni, o’zining shonli mehnat zafarlari bilan dong taratgan barcha mehnatkashlarni, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasini qutlug’ sana - korxona tashkil topganining 70 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etaman!

OKMKning konchilar va metallurglar jamoasi O’zbekiston rangli metallurgiyasining tarixi yozilishida shonli sahifalarni bitgan. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar shaksiz yuqori bahoga sazovor bo’lib, yildan-yilga yaqin va uzoq xorij davlatlarida unga bo’lgan talab oshib bormoqda, kombinat mamlakatimizning ichki yalpi mahsulot hajmi o’sishiga munosib ulush qo’shib kelayapti.

2018 yilning iyulidan boshlab “Olmaliq KMK” AJ va “SFI Management Group” MCHJ mustahkam ishonchli hamkorlikda faoliyatni yo’lga qo’ygan holda mavjud quvvatlarni yangilash va modernizatsiyalash, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini oshirish, shu jumladan investitsion loyihalarni amalga oshirishni ustuvor vazifa hisoblab, yakunida - mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini va kombinat mehnatkashlari farovonligini yuksaltirish asosiy maqsad qilib olindi.

Bugun biz yagona umumiy vazifani bajarib borayapmiz va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasining belgilangan topshiriqlar ijrosi yo’lidagi yuksak mahoratini, yuqori g’ayrat-shijoatini alohida mamnuniyat bilan ta’kidlab o’tgan bo’lardim. Bu jamoa uchun zabt etilmaydigan marralarning o’zi yo’q, tashabbuskorlik, maqsadlarga aniqlik bilan intilish va harakatlardagi dadillik faqat marralar zabt etilishiga xizmat qiladi.

70 yillik yubiley kunlarida o’z safdoshlarimizni chin qalbdan muborakbod etaman. Mehnat jamoasining barcha a’zolari va ularning ahli oilalariga mustahkam sog’lik, ko’zlangan marralarga yetishishda tuganmas quvvat, hayotlariga charog’onlik va O’zbekistonimiz gullab-yashnashida yangi orzular yor bo’lishiga tilakdoshman!

Qobil Shodiyev,

“SFI Management Group” xorij kompaniyasi MCHJ kuzatuv Kengashi a’zosi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech