http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Qadrdon Olmaliq kon-metallurgiya kombinati jamoasiga

on .

Sizlarni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tashkil etilganligining 70 yilligi bilan chin qalbimdan qizg’in tabriklayman.

Kombinatning mehnatkash va olijanob jamoasi 70 yillik tarixi davrida korxonaning ming-minglab ishchi va mutaxassislarining fidokorona mehnati tufayli, Olmaliqda nafaqat yurtimiz, balki jahonda ma’lum va mashhur bo’lgan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi barpo etildi.

Olmaliq hududida zamonaviy kombinatning qurilishi yurtimiz iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega qazilma boyliklarning sanoat miqyosida o’zlashtirilishini boshlab berdi.

O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori bo’lgan korxona ahil jamoasi o’z oldiga qo’yilgan har qanday vazifani sharaf bilan uddalab kelmoqda. Olmaliq kombinati konchilarining yutuqlaridan hamisha behad quvonaman. Zero, bu yerda mehnat qilayotgan yuksak malakali rahbaru mutaxassislarining har biri yuragimga yaqin insonlardir. Ular bilan birgalikda ishlab, barcha jabhalarda salmoqli natijalarga erishganligimizni faxr bilan ta’kidlashni istardim.

Shuni alohida ta’kidlab o’tishni joiz deb bilamanki, bugungi kunda jonajon O’zbekistonimizda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarda kombinat jamoasining beqiyos o’rni bor. Zero, yangilanayotgan va o’zgarayotgan O’zbekistonda bugun ilgari surilayotgan “Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” degan ezgu g’oya har bir fuqaromiz qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini jo’shqinlantirmoqda.

Olmaliqlik konchilarning 2018 yildan boshlab boshqaruvni xalqaro andozalar asosida olib borayotganligi jamoani yangi marralarni zabt etishga asosli zamin yaratmoqda.

So’nggi uch yilda kombinatning ko’pming kishilik ahil jamoasi tomonidan amalga oshirayotgan keng ko’lamli yangilanishlar hamda mamlakatimizni tubdan isloh etish va modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgani tahsinga sazovor. Bundan har biringiz faxrlansangiz arziydi.

Qadrdon hamkasblar!                                          

Shuhratli korxonangizning shonli yubileyi muborak bo’lsin! Siz, azizlarga, mustahkam sog’lik, baxt-saodat, xonadonlaringizga farovonlik, Vatanimiz ravnaqi yo’lidagi bunyodkorona mehnatingizda yangi zafarlar tilayman.

Quvondiq SANAQULOV,

Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori,

                                                            O’zbekiston Qahramoni.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech