A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Hurmatli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasiga

on .

Hurmatli Abdulla Xolmuradovich va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mehnat jamoasi!

Sizni va Siz orqali barcha “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mehnat jamoasini 70 yillik faoliyati bilan samimiy tabriklayman!

O’zbekiston metallurgiya sanoatining yetakchi korxonalaridan biri va MDH mamlakatlarining yirik kon-metallurgiya korxonasi hisoblanadigan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tashqi iqtisodiy faoliyati dunyo bozorida ishlab chiqaruvchi korxona va ishonchli biznes-hamkor sifatida tan olingan.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush mahsulotlari mamlakatimiz hamda xorijiy davlatlarda yuqori sifatliligi bilan ajralib, ko’p yillar davomida London qimmatbaho metallar Uyushmasining “Yaxshi yetkazib beruvchi” maqomiga egaligi bilan dunyo bozorida eng salohiyatli ishlab chiqarish korxonasi sifatida tanilgan.

Sizlarning samarali va mashaqqatli mehnatingiz nafaqat O’zbekistonda, balki Shveysariya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Ukraina, Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda ham ona vatanimiz mavqeini yuksaklarga ko’tarmoqda.

Hurmatli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi!

Sizlarni korxonaning muborak ko’p yillik samarali faoliyati bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Quvonchli fursatdan foydalanib, barchangizga mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuqori marralarga erishtirish uchun ulkan zafarlar, oilaviy baxt, sog’lik-salomatlik, buyuk kelajagimiz ravnaqi uchun olib borilayotgan serqirra faoliyatingizda yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat va ehtirom bilan

“O’zshahar qurilish invest” IK

Z.G.Narzullayev

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech