A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Mamlakatimiz taraqqiyotining strategik dasturulamali

on .

Joriy yil 24 yanvar kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakat Parlamentiga yo’llangan Murojaatnomani barchamiz katta qiziqish bilan kuzatdik.

Shunisi diqqatga sazovorki, Murojaatnomada barcha sohada amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb masalalar qamrab olingan. Unda davlatimiz rahbari, “Barchamiz jipslashib, tinimsiz o’qib-o’rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o’zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o’zgaradi” degan qimmatli fikrlarni bildirib o’tdilar.

Murojaatnomada “2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshlaganligi, oliy ta’limni rivojlantirish uchun o’tgan yili 19 ta yangi oliy o’quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetlarining filiali ochilganligi, yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yilganligi, oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko’p talaba o’qishga qabul qilinganligi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi.

Shuningdek, joriy o’quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo’lga qo’yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etilishi, kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqilishi hamda ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlash imkonini berishi haqidagi fikrlar ham muhim ahamiyatga ega. Bevosita Murojaatnomadan kelib chiqqan holda “Olmaliq KMK” AJda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida bajariladigan vazifalar xususida to’xtalsam.

Kombinatda xodimlar masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, 2019 yilda OKMK korxonalarida 2497 nafar kollej o’quvchilari hamda oliy o’quv yurtlari talabalari amaliyot o’tashgan. Kombinatga biriktirilgan kasb-hunar kollejlaridan 441 nafar o’quvchi ishga qabul qilindi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O’quv markazida o’tgan yili kombinatda mehnat qilib kelayotgan 1789 nafar muhandis-texnik xodimlar qayta tayyorlovdan o’tib, o’z malakalarini oshirishdi. 2253 nafar ishchi qayta tayyorlovdan o’tib, 5759 nafar ishchi malakasini oshirdi.

Kombinat korxonalarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda oliy ma’lumotli yosh mutaxassislarni kombinatga jalb etish maqsadida malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhimiz yurtimizning 6 ta oliy o’quv yurtiga borib, talabalarni saralab olishdi. Saralash jarayonida 137 nafar talaba bilan uch tomonlama shartnoma tuzildi. Ulardan 99 nafari hozirda ishga joylashgan. 21 nafari esa ayni damda tibbiy ko’rikdan o’tishmoqda.

2019 yilda 110 nafar kombinat ishchilari boshqaruv raisining tavsiyasi asosida, suhbatdan o’tib, Islom Karimov nomidagi Toshkent texnika universiteti Olmaliq filialining kechki bo’limiga o’qishga qabul qilinishdi. Bundan tashqari, 104 nafar kombinat xodimlari oliy ta’limning sirtqi shaklida ta’lim olishmoqda.

Shu bilan birga, 453 nafar talabani kontrakt to’lov asosida o’qitish uchun “Olmaliq KMK” AJ yurtimizning hamda Rossiya Federatsiyasining 10ga yaqin oliy o’quv yurtlari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ydi.

Shuningdek, joriy yilda MTTU MISiS Olmaliq filiali qoshida zamonaviy o’quv laboratoriya xonalari va jihozlariga ega bo’lgan maxsus aniq va tabiiy fanlarga chuqurlashtirilgan yangi umumta’lim maktabini tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 Rejaga ko’ra yana, kombinatga malakali mutaxassislar yetkazib berish maqsadida “Maktab-kollej-oliygoh” tizimi tashkil etilishi ko’zda tutilmoqda. Mazkur tizim orqali bola yoshligidanoq kombinatga mutaxassis sifatida tayyorlab boriladi. Biz yoshlarimiz oldiga nafaqat kasb egallash, balki ulardan jahon standartlari darajasidagi malakali mutaxassislarini tayyorlashni niyat qilganmiz. Buning uchun kombinatda shart-sharoit ham, salohiyat ham mavjud deb o’ylayman.

Bu yo’lda esa buyuk tashabbuslar, O’zbekistonning kelajagi va taraqqiyotini belgilovchi muhim hujjat - Prezidentimiz Murojaatnomasi bizga o’ziga xos dasturulamal bo’lishi shubhasiz.

Azim MIRZAJONOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining

xodimlar masalalari bo’yicha o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech