http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Bahor yil bo’yi qalblarda hukmron bo’lsin Muhtarama xotin-qizlar!

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining barcha mehnatkashlari nomidan sizlarni 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

Diyorimizga tashrif buyurgan maftunkor bahor va uning avvalida nishonlanadigan tantana - Xalqaro xotin-qizlar bayrami latofatli umr yo’ldoshlarimiz, eng qadrli va suyukli ayollar - onalarimiz, opa-singillarimiz va rafiqalarimiz, qizlarimiz va hamkasblarimizga o’z muhhbat va ehtiromimizni izhor etish uchun yana bir imkoniyatdir!

Yurtimizda ayollarga alohida ahamiyat berib kelinadi, ularga o’z qirralarini ochishlari, shaxs sifatida shakllanishlari, mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish imkoniyatini yaratadigan xayrli qadamlar qo’yilmoqda.

Bugungi kunga kelib kombinatda 8 ming nafarga yaqin nozik xilqat vakilalari mehnat qilib kelayotgan bo’lsa, ularning 228 nafari rahbarlik lavozimlarida, 4774 nafari muhandis-texnik xodim sifatida faoliyat yuritib kelishmoqda.

Sexlarimizda erkaklar bilan yelkama-elka turgan holda ular bilan hamjihatlikda ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini bajarish, investitsion dasturlarni amalga oshirish yo’lida samarali mehnat qilib, texnologik jarayonlarni nazorat qilib bormoqdasiz. Sizning kamtarona mehnatingiz munosib baholanmoqda, 2019 yilda OKMKning 70 yilligi munosabati bilan kombinatning 8 nafar ayollari hukumatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo’lishdi.

Kombinatimizda mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnatkash ayollarning hayoti sifat darajasini oshirish yo’lida bir qator vazifalar izchil amalga oshirib borilayapti. O’tgan yili sanatoriy-profilaktoriyda 910 nafar ayollar, shu jumladan, mehnat faxriylari va ishlamayotgan pensionerlar sog’lomlashtirildi, O’zbekiston sanatoriylarida 470 nafar xotin-qizlarimiz salomatliklarini tiklashdi.

Kombinatda 16 ta maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat yuritib kelayapti, 2019 yilda OKMKning xodimlari uchun 951 ta yo’llanmalar mazkur muassasalariga farzandlarini joylashtirish uchun berildi, ishchi-xodimlarimizning 4480 nafardan ziyod farzandlari kombinatning sog’lomlashtirish oromgohlarida yozgi ta’til davrida maroqli va mazmunli hordiq chiqarishdi. 

Onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, kombinat mehnatkashlari oilalarining ijtimoiy himoya qilish maqsadida Olmaliq shahrida 10 ta qo’p qavatli uylarni bunyod etish ishlari yakunlandi, ishchi-xodimlarning 408 ta oilasi yangi kichik nohiyadagi qulay va shinam xonadonlarga ko’chib o’tib, hovli to’ylarini nishonlashdi, aynan ushbu manzilda ikkita bolalar bog’chasi, yoshlar bog’i foydalanishga topshirildi. 

Kombinat rahbariyati ayollar bandligini ta’minlash, yangi ish o’rinlarini yaratish maqsadida rejali ishlarni davom ettirib borayapti. Birgina o’tgan yilning o’zida 588 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.

Biz kelgusida ham mehnatkash ayollarimizga e’tibor va g’amxo’rlik namunalarini davom ettirib borib, ularning mehnatlarini yengillashtirish, munosib farovon turmushlarini ta’minlash maqsadida bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Bayram arafasida “Olmaliq KMK” AJ va “SFI Management Group” ishonchli kompaniyasi rahbariyati tomonidan kombinatning barcha mehnatkash xotin-qizlari hamda ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bo’lgan tabarruk onaxonlarimizga 600 ming so’m miqdorida mukofot puli to’lash to’g’risida qaror qabul qilindi.

Qadrli ayollar! Muhtarama opa-singilar!

Barchangizni 8-mart - bahor, go’zallik va nafosat ayomi bilan samimiy muborakbod etaman. Qadrdonlarning mehr va muhabbati sizni doimo qurshab tursin. Barchangizga mustahkam sog’lik, shodu-hurrammlik, tinchlik va oilangizga mehr-muhabbat hamroh bo’lsin.

Abdulla XURSANOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi, senator

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech