http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Sizlarning jasoratingiz - mangullikka daxldor

on .

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining qadrli faxriylari, mehnatkashlari!

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi va “SFI Management Group” kompaniyasi boshqaruvchisi nomidan sizlarni Xotira va qadrlash kuni va Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 75 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!

Qadrli Ikkinchi jahon urushi faxriylari, mehnat fronti ishtirokchilari!

Bugun biz - urushdan keyingi yillar avlodlari Buyuk g’alabaga ulkan hissa qo’shgan, hozirgi yorug’ kunlarimizni ko’rish nasib etmagan bobolarimiz va otalarimiz matonati oldida bosh egamiz. Sizning o’lmas jasoratingizga ehtirom his-tuyg’ulari bilan jang maydonlari va mehnat fronti ortida ko’rsatgan jasorat va matonatingiz uchun cheksiz hurmat-ehtiromimizni bildiramiz. Sizning yorqin ibratingiz tufayli biz burch, g’urur, ona-Vatanga oliyjanoblik bilan xizmat qilish, Vatanga bo’lgan beqiyos muhabbat namunalarini o’zimizga singdirganmiz. Jangohlarda qon to’kkan, hayotingizni baxshida etgan, front ortining kecha-yu kunduz zahmatlarini sabot bilan yengib o’tgan holda siz biz uchun o’z halqiga, uning buyuk kelajak vorislariga xizmat qilish ramzi bo’lib qolasiz.

Urush yillarining qahramonlari o’z xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga hozir bo’lgan bugungi avlod uchun ibrat namunasi bo’lib qoladi. Bizning harbiy xizmatchilarimiz, O’zbekiston milliy gvardiyasi xodimlarining qahramonliklari, o’z xalqi uchun jonini qurbon qilishga qodirligini Sardoba suv ombori to’g’oni buzilishi yaqqol tasdiqladi. Suronli urush yillarida 15 nafar bolalarni o’z qanoti ostiga olgan Shomahmudovlar oilasining insonparvarlik jasoratini bugunga kelib Sirdaryo viloyatining falokatga duchor bo’lgan aholisini o’z xonadoni g’amxo’rligi ostiga olgan yuzlab oilalar takrorlamoqda.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining mehnat jamoasi sizdagi maqsad sari shijoat, sabot, iroda va ko’zda tutilgan marralarni zabt etishda sobitqadamlik hislatlarining vorisi sifatida faxrlanishga haqli. Keng qamrovli epidemiyaga qarshi tadbirlar tufayli yuzaga kelgan cheklovlarga qaramasdan, biz deyarli barcha investitsion dasturlarimiz asosidagi ishlarni davom ettirib borayapmiz. 

Koronavirus pandemiyasi tomonidan respublikamiz iqtisodiyotiga yetkazilayotgan zararni kamaytirish maqsadida kombinat rahbariyati tomonidan qo’shimcha mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatlari ko’rib chiqildi. Jumladan, bashorat ko’rsatkichlariga qo’shimcha tarzda 575 tonna katodli mis, 2000 tonna metalli rux, 9500 kg. selen, 500 kg. tellur, 200 tonna mis kuporosi, 670 kg. reniy, 70 kg. palladiy, 16 tonna volfram, 33 tonnadan ziyod molibden shtabiklari, shuningdek birinchi va ikkinchi metallarni ishlab chiqarish ko’zda tutilgan.

Kombinat mehnatkashlarining shijoatli mehnati tufayli jamoamiz va korxonalarimiz joylashgan shaharlarning ijtimoiy masalalarini hal qilish va urush qatnashchilari, mehnat fronti ishtirokchilariga doimiy ko’mak berish imkoniyatiga egamiz. 

Joriy yilda 9 may munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan urush faxriylariga 5 million so’m, mehnat fronti ishtirokchilariga 3,5 million so’m miqdorida moddiy yordam pullari ajratiladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat jamlamalaridan iborat bayram sovg’alari topshiriladi, kombinat yoshlari tomonidan esa karantin cheklovlari inobatga olingan holda hovlilarda obodonchilik ishlarini yo’lga qo’yishda amaliy ko’mak beriladi. Zarurat talab qilsa, urush faxriylari, mehnat fronti ishtirokchilariga nogironlik aravachalari, eshitish apparatlari xaridi amalga oshiriladi. Shahrimizda istiqomat qilib kelayotgan Afg’oniston Respublikasidagi harbiy xizmat burchini o’taganlar va Chernobil AES falokatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolar ham e’tibordan chetda qolishmaydi. Ularga 1,5 million so’m miqdorida moddiy yordam puli ajratiladi.

Muhtaram faxriylar!

Og’ir sinovlarda qo’lga kiritilgan shonli g’alaba uchun Sizga tashakkur! Kelajak avlodlaringiz baxt-iqboli yo’lida tinch-osuda hayotni kurashlar bilan qo’lga kiritganingiz uchun bag’oyat minnatdormiz! Bayramingiz bilan tabriklaymiz va ibratli hayot yo’lingiz oldida bosh egamiz!

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarining hurmatli faxriylari!

O’z bilim, kasbiy mahorat, tajribalaringiz, bunyodkorona mehnatlaringiz bilan bugungi avlodlarga yangi ufqlarni zabt etishlariga asos yaratib berdingiz. Sizdan olgan ulug’ sobitqadamlik shaksiz, bugungi maqsadlarimizning poydevoridir.

Sharafli mehnatingiz, qahramonona hayot yo’lingiz uchun sizga rahmat, aynan siz bosib o’tgan yo’llar bizni rivojlanish yo’lida shahdam qadam tashlash, jonajon mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati mustahkamlanishi, gullab-yashnashiga har kuni hissa qo’shishga dalda bo’lib xizmat qilmoqda! Barchangizga mustahkam sog’lik, yaqinlaringizning hurmat-shijoati, cheksiz muhabbati va e’zoz-ehtiromi hamroh bo’lsin!

Abdulla XURSANOV,

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatori,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech