A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Navoiy tilida yangragan nutq

on .

Barchamizga yaxshi ma’lumki, koronavirus pandemiyasi bois, joriy yilning 23 sentyabr kuni Bosh Assambleyaning navbatdagi 75-sessiyasi BMT tarixida birinchi marta onlayn rejimida bo’lib o’tdi.

Ushbu nufuzli anjumanda ishtirok etgan va nutq so’zlagan O’zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev minglab yurtdoshlarimizning qalbini g’ururga, vujudini iftixorga to’ldirdi. Davlatimiz rahbari buyuk bobokalonimiz Navoiy tilida nutq so’zladi! Mana shu nutqi bilan buyuk ajdodlarimiz ruhini shod etdi, desam mubolag’a qilmagan bo’laman.

Bu Prezidentimizning elparvarligi, vatanparvarligi, yurtga, xalqqa sadoqati, muhabbati va yuksak jasorati namunasidir. Yana eng ahamiyatlisi, davlatimiz rahbari sessiyada o’ta global masalalarni baralla ko’tardi. Ayniqsa,

  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzurida afg’on xalqining dardu tashvishini tinglaydigan, doimiy faoliyat ko’rsatadigan qo’mitani tashkil etish;
  • Orolbo’yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e’lon qilish haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish;
  • Ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash;
  • Qashshoqlikni tugatish va kambag’allikka qarshi kurashishni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi navbatdagi sessiyasining asosiy mavzularidan biri sifatida belgilash;
  • Ushbu masalalarga bag’ishlangan global sammitni o’tkazish kabi o’ta jiddiy, juda ahamiyatga molik takliflari, shubhasiz, nafaqat butun vatandoshlarimizni, balki dunyo hamjamiyatini ham e’tiboriga, e’tirofiga sazovor bo’ldi.

Abdulla XURSANOV,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisi,

senator

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech