A- A A+

Rahbaryatning chiqish va bayonotlari

Hurmatli Kasaba uyushmasi xodimlari!

on .

Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi faol ishtirokingiz, ayollar va bolalar, keksalar va yoshlar hamda mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoyalash yo’lidagi tashabbuslaringiz, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish hamda madaniy-ma’rifiy hayotimizni yuksaltirish yo’lidagi samarali faoliyatingiz har qancha e’tirofga loyiq.

Yurtimiz tarixida ilk bor davlatimiz rahbari Kasaba uyushmalari Federatsiyasi qurultoyi ishtirokchilariga bugun tabrik yo’llab, 11 noyabrni "Kasaba uyushmalari kuni" deb belgilash taklifini bildirgani sohaga bo’lgan yuksak e’tibordan darakdir.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ko’p ming sonli mehnat jamoasi, «SFI Management Group» MCHJ kompaniyasi va shaxsan o’z nomimdan barchangizni bugungi ilk bor nishonlanadigan kasb ayyomingiz bilan samimiy qutlayman!

 Shu jumladan, kombinat ishchilarini qo’llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlarimiz hayoti va faoliyatiga tegishli masalalarni hal etishdagi yangicha yondashuvi bilan Olmaliq kon metallurgiya kombinatida ijtimoiy siyosatni  hayotga izchil  tatbiq etishda faol ishtirok etayotgan Kombinat Kasaba uyushmasi Kengashi xodimlarini ham chin yurakdan tabriklayman. 

Korxonamiz mehnat jamoasi, ayniqsa ayollar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi faolligini oshirish, korxonalarda munosib ish sharoitlarini yaratish, keksalarni e’zozlash kabi ezgu va xayrli ishlari bilan jamiyatimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashda Kasaba uyushmasi kengashi mas’ullarining xizmatlari beqiyos.

Eng muhimi, Kasaba uyushmasi xodimlari ishchi-xizmatchilarning ertangi kunga umidi va ishonchini yuksaltirib, shuning barobarida mehnat samaradorligi va unumdorligini oshishida ham faol ishtirok etishmoqda.

Barchangizga mas’uliyatli va sharafli mehnat yo’lingizda mustahkam sog’liq, kuch-quvvat, oilaviy xotirjamlik tilayman. Korxonamiz taraqqiyoti, qolaversa, Vatanimiz va xalqimiz farovonligi yo’lida olib borayotgan ishlaringizda zafarlar yor bo’lsin!

A.Xursanov,

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech