Til-millat g’ururi, mustaqillik belgisidir!
Hurmatli Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnatkashlari, aziz olmaliqliklar!
Shu kunlarda yana bir qutlug’ ayyom - O’zbek tili bayrami kunini nishonlamoqdamiz. Ushbu bayramning mamlakatimizda har yili keng nishonlanishi ona tilimizga e’tiborni yuksaltirish, nafaqat o’zbek xalqi, balki boshqa millat vakillarini ham tilimiz va madaniyatimizni o’rganishga ilhomlantirishda xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.