http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Uzoq kutilgan g’alaba

on . Posted in Sport hayotidan

Ketma-ket mag’lubiyatlarga uchrab kelayotgan murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari 7-tur doirasidagi Termizning “Surxon” jamoasi bilan o’tkazilgan uchrashuvda muxlislarga uzoq kutilgan g’alabani taqdim etishdi.

Uchrashuvning birinchi bo’limi 41-daqiqasida Dilshod Jo’rayev vakillarimizni oldinga olib chiqdi. Har ikki tomonda ham uchrashuv davomida qulay vaziyatlar yuzaga keldi. O’yinning 89-daqiqasida San’at Shixov raqib darvozabonini yana bir bor ranjitdi. Shu tariqa futbolchilarimiz Surxon jamoasini 2:0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi.

7-turdan so’ng vakillarimiz hisobida 7 ochko bo’lib, ular turnir jadvalining 10-pog’onasida borishmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech