http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Sport musobaqalari tashkil etildi

on . Posted in Sport hayotidan

18 may kuni “Yoshlar bog’i”da O’zbekiston konchilik va metallurgiya xodimlari kuni munosabati bilan kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi qoshidagi jismoniy tarbiya va sport bo’limi tomonidan sportning 13turi bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.

“Olmaliq KMK” AJ xodimlari hamda Olmaliq shahri aholisi o’rtasida sportning boks, milliy kurash, shaxmat, shashka, arqon tortish, futbol, voleybol, massrestling, armrestling, darts, girya sporti, tosh ko’tarish, yotib tosh ko’tarish kabi turlari bo’yicha tashkil etilgan musobaqalarda jami bo’lib 500 dan ortiq ishtirokchi qamrab olindi. Musobaqa g’oliblari kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan turli xil esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Begzod OMONOV,

Jismoniy tarbiya va sport bo’limi bo’lim mudiri

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech