http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

"Sog’ tanda sog’lom fikr"

on . Posted in Sport hayotidan

Xuddi shu shior ostida 29 may kuni “Olmaliq KMK” AJ sanatoriy-profilaktoriyda sportning shashka turi bo’yicha turnir tashkil etildi.

OKMK xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi sport va sog’lomlashtirish komissiyasi tomonidan o’tkazilgan turnirda sanatoriy-profilaktoriyda sog’liklarini tiklayotgan kombinat ishchi-xodimlari g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Turnir yakuniga ko’ra, Angren kon boshqarmasi ishchisi Ulug’bek Sobirov barcha raqiblarini yenggan holda turnir g’olibiga aylandi. Markaziy ta’mir mexanika zavodi ishchisi Doniyor Abdurahmonov faxrli ikkinchi o’rinni egalladi. “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchisi Tursunali Musurmonovga esa uchinchi o’rin nasib etdi .

G’oliblar kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech