http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

G’aniyevlar oilasi g’olib

on . Posted in Sport hayotidan

“Olmaliq KMK” AJ korxonalarida mehnat qilayotgan ishchilar o’rtasida oilaviy sportni rivojlantirish maqsadida har yili oilaviy spar takiada bahslari o’tkazib kelinadi.

29 iyun kuni ham an’anaga sodiq qolgan holda oilaviy spartakiada doirasida yugurish estafetasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada 9 ta oila g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa yakuniga ko’ra, Portlatish materiallari zavodi ishchisi S.Toshpo’latovlar oilasi faxrli uchinchi o’rinni egalladi. Kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi mutaxassisi Sh.Umaraliyevlarning oilaviy jamoasi ikkinchi o’ringa sazovor bo’ldi. Musobaqada mutlaq g’oliblikni esa Avtomobil transporti boshqarmasi 3-avtokorxona katta ustasi R.Abdug’aniyevlarning oilasi qo’lga kiritdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech