http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

MDH kubogida vakillarimiz uchinchi

on . Posted in Sport hayotidan

Kuni kecha qo’shni Qozog’iston Respublikasining Chimkent shahrida texnik sport turlaridan biri bo’lgan motokross bo’yicha Mustaqil davlatlar hamdo’stligi kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Qirg’iziston, Tojikiston, Qozog’iston Respublikalaridan jamoalar g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Ushbu nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini “Olmaliq KMK” AJ Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi Texnik sport klubi jamoasi ham qatnashib, samarali natija qayd etdi. Murabbiy Andrey Sazonov qo’l ostida musobaqada ishtirok etgan vakillarimizdan Shevket Suleymanov 125 sm3 dvigatelli mototsikllar bahsida faxrli uchinchi o’rinni egalladi.  Xuddi shu klassdagi mototsikllar bellashuvida yana bir vakilimiz Sergey Vinogradov marra chizig’ini to’rtinchi bo’lib kesib o’tdi. Andrey Sazonov esa 500 sm3 dvigatelli mototsikllar musobaqasida marraga ikkinchi bo’lib yetib keldi.

Umumjamoa hisobida vakillarimiz 18 ta jamoa orasida sovrinli uchinchi o’rinni egallashgani e’tirofga sazovor.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech