An’anaviy xotira turniri
13 iyul kuni Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida, zavod ishchisi, 2-liga darvozaboni marhum Shuhrat Abdurahmonov xotirasiga bag’ishlangan turnir tashkil etildi.
Unda Sport yo’riqchilari, MTMZ, murabbiylar hamda do’stlar jamoalari g’oliblik uchun bahs olib borishdi. An’anaviy tarzda 4 yildan buyon o’tkazilb kelinayotgan xotira turnirida 1-o’rinni MTMZ jamoasi egalladi. 2-o’rin esa Sport yo’riqchilari jamoasiga nasib etdi. Murabbiylar jamoasi esa uchinchi o’rni bilan kifoyalandi.
G’olib jamoaga MTMZ kasaba uyushma qo’mitasi tomonidan pul mukofoti va ko’chma kubog taqdim etildi.
Turnirda so’ng, turnir ishtirokchilari mehmonlar uchun osh tortilib, Qur’on tilovat qilindi.
Farrux GELDIYEV,
MTMZ sport yo’riqchisi