http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

AGMK zo’r transferga qo’l urdi

on . Posted in Sport hayotidan

Olmaliqning AGMK jamoasi tarkibini kuchaytirish ishlarini jadal tarzda davom ettirmoqda.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK davralar oralig’ida o’z tarkibini kuchli ijrochilar bilan boyitishda davom etmoqda.

Transfer oynasidan unumli foydalanayotgan AGMK hozirga qadar "Qizilqum" tayanch yarim himoyachisi va sardori Erkin Boydullayevni qo’lga kiritdi. Shuningdek, jamoa sobiq legioneri Vladislav Kasmininni ortga qaytargandi.

Kuni kecha esa jamoaga "Qizilqum"ning gruziyalik legioneri Elguja Grigalashvili kelib qo’shildi.

Ayni paytda kichik jarohati borligi tufayli Grigalashvili jamoa bilan umumiy guruh mashg’ulotlarida ishtirok etmayapti. Yakka tartibda shug’ullanayotgan futbolchi tez orada klub bilan rasman shartnoma tuzishi kutilmoqda.

Elguja Grigalashvili katta ehtimol bilan AGMKda bo’sh turgan 7-raqamni olishi kutilmoqda.

Manba: chempionat asiya.uz

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech