http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Jamoamiz viloyat bosqichida

on . Posted in Sport hayotidan

Favqulodda vaziyatlar vazirining 2019 yil 10 mart kunidagi “Vazirlik tizimida harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilarda ortiqcha vazn yoki uning yetishmasligini oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 143-sonli buyrug’iga asosan, 17 iyul kuni Olmaliq shahar garnizonida sportning voleybol turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

Musobaqada Olmaliq shahar FV bo’limi qutqaruvchilari, Olmaliq shahar 4-harbiylashgan yong’in va qutqaruv qismi, OKMKni yong’indan muhofaza qiluvchi 1-Kasbiylashtirilgan yong’in va qutqaruv qismi, «Ammofos-Maksam» AJning yong’indan muhofaza qiluvchi 8-harbiylashgan yong’in va qutqaruv qismining shaxsiy tarkibi o’zaro g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

Musobaqaning birinchi bosqichida 4- va 8-HYoQQ jamoalari bellashdi. Ikkinchi bosqichida Olmaliq shahar FV bo’limi qutqaruvchilari bilan OKMKning yong’indan muhofaza qiluvchi 1-KYoQQ bahslashdilar. So’ngi uchinchi bosqichda g’olib bo’lgan jamoalar - 1-KYoQQ hamda «Ammofos-Maksam» AJning yong’indan muhofaza qiluvchi 8-HYoQQ kurashdilar.

Qiziqarli kechgan bahsda esa «Ammofos-Maksam» AJ yong’indan muhofaza qiluvchi 8-HYoQQ jamoasi g’alaba qozonib, musobaqa g’olibi bo’lishdi. Endilikda jamoamiz musobaqaning viloyat bosqichida shahrimiz sharafini himoya qiladi.

Bu kabi sport musobaqalari xodimlarning sog’lig’ini mustahkamlab, shaxsiy tarkibning jangovar shayligini oshiradi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech