http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

OKMK vakillari o’zbekiston chempionati sovrindorlari

on . Posted in Sport hayotidan

13-17 iyul kunlari Toshkent shahrida mamlakatimizning huquq-tartibot idoralari, qutqaruv, davlat korxonalarining qo’riqlash xizmatlari xodimlari o’rtasida sportning universal jang turi bo’yicha O’zbekiston chempionati o’tkazildi.

Chempionatda “Olmaliq KMK” AJ Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati xodimlari Nodirbek Egamberdiyev, Ziyodjon Shukurov, Mirhosil Yo’ldoshboyevlar ham ishtirok etishib, yuqori ko’rsatkichlar qayd etishdi.

Jumladan, chempionatda o’z vazn toifalarida ishtirok etgan Nodirbek, Ziyodjon va Mirhosillar faxrli uchinchi o’rinni egallashdi. Va bronza medaliga sazovor bo’lishdi. Yana bir e’tiborli jihat, Nodirbek va Mirhosil universal jang bo’yicha mamlakatimiz terma jamoasi safiga qabul qilinishdi. Endilikda ular yurtimiz terma jamoasi safida oktyabr oyida Ukraina davlatida o’tkazilishi rejalashtirilayotgan jahon chempionatida qatnashishadi.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech