http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Yugurish va suzish bo’yicha bellashamiz

on . Posted in Sport hayotidan

23-24 iyul kunlari Avtomobil transporti boshqarmasi korxonalari ishchilari o’rtasida sportning yugurish va suzish turlari bo’yicha birinchilik tashkil etildi.

Yugurish bo’yicha bahslarda Traktor parki chilangari X.Sardorov, 3-avtokorxona haydovchisi X.Latipov, 3-avtokorxona mexanik ta’mir uchastkasi rahbari R.Abdug’aniyevlar sovrindorlar safidan joy olishdi.

Olmaliq shahar Bolalar va o’smirlar sport maktabiga qarashli basseynda tashkil etilgan suzish bahslari ham qiziqarli kechdi.

Ishchilar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida tashkil etilgan mazkur birinchilikning erkaklar o’rtasidagi bahsida marraga birinchi bo’lib 7-avtokorxona chilangari Z.Agabekov yetib keldi. Traktor parki chilangari X.Sardorov esa ikkinchi o’rinni egalladi.4-avtokorxona haydovchisi M.Suyarov esa marraga uchinchi bo’lib suzib keldi.

Ayollar o’rtasidagi bahsda esa ATB elektromexanigi M.Ozolina, 7-avtokorxona dispetcheri D.Haydarova, traktor parki farroshi M.Yuldashevalar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech