http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Xalqaro musobaqadan medallar shodasi

on . Posted in Sport hayotidan

30 iyul - 4 avgust kunlari qo’shni Qirg’iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida ko’chmanchi xalqlar jangovar o’yinlari ochiq birinchiligi o’tkazildi.

Ushbu birinchilikda 7 davlat qatori mamlakatimiz sportchilari ham ishtirok etishdi. Xalqaro musobaqada sportning taekvon-do GTF yo’nalishi bo’yicha Olmaliq shahridan Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Doniyor Karimov shogirdlari ham qatnashib, samarali natijalar qayd etishdi. Jumladan, o’z vazn toifalarida Mis eritish zavodi Havo taqsimlash sexi ta’mirchi-chilangari Alijon Mustafoqulov ikkinchi o’rinni egalladi. Shuningdek, vakillarimizdan Samandar Mo’minov 1-o’ringa, Samirbek G’oziqulov 2-o’ringa, Sohib Qo’chqorov esa 3-o’ringa sazovor bo’ldi.

Yana bir ahamiyatli jihat Doniyor Karimov sportni rivojlantirishdagi ishlari uchun ham taqdirlandi. Umumjamoa hisobida mamlakatimiz sportchilari faxrli uchinchi o’ringa loyiq ko’rildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech