http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Futzalchilardan tarixiy natija

on . Posted in Sport hayotidan

Xabaringiz bor, Tayland poytaxti Bangkok shahrida futzal bo’yicha klublar o’rtasida Osiyo chempionati o’tkazilmoqda. Unda yurtimiz sharafini shahrimizning “AGMK-Futzal” jamoasi himoya qilmoqda.

“B” guruhidan joy olgan Aleksandr Petrov shogirdlari dastlabki tur doirasida Vetnamning “Tay Son Nam” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Ushbu bahsda vakillarimizdan omad yuz o’girdi. Vetnamliklarning 4 ta goliga vakilimiz Akbar Tursunov bitta gol bilan javob berdi.

Musobaqani mag’lubiyat bilan boshlagan futzalchilarimiz ikkinchi turda o’zlariga kelib olishdi. Iroqning “Naft al-Vasat” klubi bilan kechgan bahsda vakillarimiz muhim g’alabani qo’lga kiritishdi. Mazkur uchrashuvda Ixtiyor Ropiyev xet-trik qayd etgan bo’lsa, Husniddin Nishonov va Anasxon Rahmatovlar bittadan gollarni o’z hisoblariga yozib qo’yishdi. Shu tariqa Aleksandr Petrov shogirdlari 5:3 hisobidagi tarixiy g’alabani nishonlashdi.

Guruhning uchinchi tur uchrashuvida vakillarimiz Qatarning “Al Rayyan” jamoasiga qarshi o’ynashdi. Ushbu uchrashuvda ham futbolchilarimiz g’alabaga bo’lgan ishonchlarini yo’qotmagan holda maydonda harakat qilishdi. Va 7:5 hisobida zafar quchishdi. O’yinda Davron Choriyev hamda Akbar Usmonovlar dubl qayd etishgan bo’lishsa, Ilhomjon Hamroyev, Husniddin Nishonov va Ixtiyor Ropiyevlar bir marotabadan raqib darvozabonini ranjitishdi.

Musobaqada “AGMK-Futzal” jamoasi  guruhda 2 g’alaba va 1 mag’lubiyat bilan 6 ochko jamg’arib, ikkinchi o’rinni egalladi va chorak final masalasini hal etishdi. 14 avgust kuni bo’lib o’tgan chorak final bahsida vakillarimiz Taylandning “Port” jamoasiga qarshi to’p surishdi. Uchrashuvni ko’tarinki kayfiyatda boshlagan vakillarimiz 4:3 hisobida yana bir tarixiy g’alabaga erishdilar. Davron Choriyev dubl qayd etdi, Ilhom Hamroyev va Akbar Usmonovlar bittadan gol urishdi. Shu tariqa Aleksandr Petrov shogirdlari o’z tarixlarida birinchi bor yarim finalga yo’l olishdi. Vakillarimiz 15 avgust kuni Eronning “Mes Sungun” jamoasiga qarshi to’p suradi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech