http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Misni elektroliz qilish sexi g’olib

on . Posted in Sport hayotidan

17 iyul kuni Mis eritish zavodi sexlari va bo’limlari o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha start olgan birinchilik 17 avgust kuni o’z nihoyasiga yetdi.

Mustaqillikning 28 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan birinchilikda zavodning 1-Metallurgiya, 2-Metallurgiya, Misni elektroliz qilish, Oltin va kumushni affinajlash, Kuporos sexlari, Havo taqsimlash, Nodir metallar ishlab chiqarish, Ta’mir-mexanika, Sulfat kislota, Energo, NO’A va A sexlari hamda MEZ muhandis-texnik xodimlari terma jamoalaridan iborat 12 ta jamoa 3 guruhga bo’lingan holda g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Olimpiya tizimida o’tkazilgan birinchilikda uchinchi o’rin uchun 1-Metallurgiya va Energo sexlari o’rtasidagi bahsda metallurglar jamoasi 6:4 hisobida zafar quchishdi.

Finalda esa Misni elektroliz qilish va 2-Metallurgiya sexlari jamoalari o’zaro ro’baro’ kelishdi. Shiddatli hujumlarga boy bo’lgan final uchrashuvining asosiy vaqti jangovar 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Birinchilik g’olibini esa penalьtilar seriyasi aniqlab berdi. Unga ko’ra, Misni elektroliz qilish tsexi jamoasi 2:1 hisobida g’alaba qozonib, birinchilik g’olibiga aylandi. G’oliblar MEZ kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech