http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Futzalchilardan yangi sahifa

on . Posted in Sport hayotidan

Tailand poytaxti Bangkokda bo’lib o’t-gan futzal bo’yicha klublar o’rtasidagi Osiyo chempionatida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan “AGMK-futzal” jamoasi o’z tarixida yangi sahifa ochdi.

Chorak finalda Tailandning “Port” jamoasi ham mag’lub etildi. Yarim finalda esa Eronning “Mes Sungun” jamoasiga imkoniyatni boy bergan vakillarimiz musobaqaning uchinchi o’rini uchun mezbonlarning “Tay Son Nam” jamoasiga qarshi parketga tushishdi. Uchrashuvda zafar qozona turib, g’alabani qo’ldan boy bergan futzalchilarimiz musobaqaning to’rtinchi o’rinini egallashdi.

“AGMK-futzal” jamoasi Osiyo chempionatida raqib darvozasini 24 marotaba ishg’ol qilib, o’z darvozasidan 28ta to’p o’tkazib yubordi. Musobaqa davomida jami 6ta uchrashuv o’tkazgan jamoamiz 3 g’alaba va 3 mag’lubiyat qayd etdi.

19 avgust kuni erta tongda “AGMK-futzal” jamoasi yurtimizga qaytib keldi. Jamoa tarixida yangi sahifa ochib, nufuzli musobaqada to’rtinchi o’rinni egallagan Aleksandr Petrov shogirdlarini Toshkent xalqaro aeroportida “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati, Yoshlar ittifoqi, Axborot xizmati xodimlari karnay-surnay sadolari ostida gul dastalar bilan kutib olishdi. OKMK boshqaruvi raisining Ijtimoiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Ulug’bek Fayazov jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Petrovga zar to’n kiygazdi. “Metallurg” MS badiiy dastalari futzalchilarni musiqiy dasturlari bilan xushnud etishdi.

Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Petrov fikr-mulohazalariga quloq tutamiz: - Bolalar mehnat qilishdi va harakat qilishdi. Yakunda samarali natijaga erishildi. Maqsadimiz bu yil ham mamlakat chempionligini qo’lga kiritib, kelasi yilda Osiyo chempionatiga boramiz, albatta. Bu yilgi Osiyo chempionati yigitlar uchun o’ziga xos tajriba maktabi bo’ldi. O’yin amaliyotini ham kuchaytirib boramiz. O’ylaymanki kelgusi yili Osiyo chempioni bo’lamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech