http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Sherzod - xalqaro turnir chempioni

on . Posted in Sport hayotidan

21-23 avgust kunlari qo’shni Qirg’iziston Respublikasining O’zgan tumanida sportning MMA(aralash qoidalar jangi) turi bo’yicha “Er-Taymash” xalqaro turniri bo’lib o’tdi.

Unda Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston Respublikalari hamda yurtimiz MMAchilari g’oliblik uchun oktagonda bahs olib borishdi.

Ushbu nufuzli turnirda Mis eritish zavodi elektrolizchisi Sherzod Yo’ldoshaliyev ham o’z vazn toifasida ishtirok etib, mutlaq g’oliblikni qo’lga kiritdi. Va chempionlik kamariga ega bo’ldi. Sherzod turnirda jami uchta jangni tojik, qirg’iz va qozoq raqiblariga qarshi o’tkazib, barchasida g’alaba qozondi. Sherzodning janglarida 1 ta nokaut, siqib olish va ochko bo’yicha natijalar qayd etildi. Sherzodni ushbu g’alabasi bilan qutlab qolamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech