http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

MTMZ chempionat g’olibi

on . Posted in Sport hayotidan

24 avgust kuni yurtimiz mustaqilligining 28 yilligiga bag’ishlab sportning mini futbol turi bo’yicha 31 yoshdan katta ishchi-xodimlar o’rtasida kombinat chempionati o’tkazildi.

Chempionatda 22 jamoa g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Keskin kurashlarga boy bo’lgan musobaqada MTMZ, Qalmoqqir KB, 2-MBF va STTB jamoalari yarim final bahslarida uchrashdilar. Ta’mirchilar jamoasi Qalmoqqir konchilarini mag’lub etgan bo’lsa, temiryo’lchilar mis boyituvchilardan ustun keldi. Final bahsida ta’mirchilar va temiryo’lchilar o’zaro chempionat g’olibini aniqlab olishdi. Maydonda to’liq ustunlik bilan harakat qilgan ta’mirchilar yirik 4:0 hisobida zafar quchib, chempionat g’olibiga aylanishdi.

Chempionat g’oliblari kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech