http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Kim chaqqon-u kim epchil?

on . Posted in Sport hayotidan

Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi yoshlari o’rtasida sportning stol tennisi bo’yicha tashkil etilgan turnirda ishtirokchilarning chaqqonligi-yu epchilligi sinovdan o’tkazildi.

“Olmaliq KMK” AJning 70 yilligiga bag’ishlangan turnirda 8 nafar ishtirokchi g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Turnir yakunlariga ko’ra, faxrli uchinchi o’rinni Kasanachilik sexi ishchisi Buyran Tamaradze egallagan bo’lsa, ikkinchi o’ringa boshqarma xodimi Muhammadali Munavvarov loyiq ko’rildi. Turnir g’olibi sifatida esa boshqarma xodimi Akmal Alimov e’tirof etildi.

Turnir g’oliblariga boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasining qimmatbaho sovg’alari tuhfa etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech