http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Stol tennisi

on . Posted in Sport hayotidan

15 sentyabr kuni Mis eritish zavodining sex va bo’limlari ishchilari o’rtasida sportning stol tennisi bo’yicha kombinat 70 yilligi munosabati bilan birinchilik o’tkazildi.

Unda zavodning jami 12ta sexidan sportchilar g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

Qiziqarli kechgan birinchilik yakunlariga ko’ra, erkaklar o’rtasidagi musobaqada Ta’mir mexanika sexi ishchisi Ma’murjon Mamatqulovga teng keladigani topilmadi. Emallangan mis simlar ishlar chiqarish sexi ishchisi Oybek Abdurazzoqov ikkinchi, Nazorat o’lchovlari asboblari va Avtomatika sexi ishchisi Seydali Amzaevlar uchinchi o’rinni egallashdi.

Ayollar o’rtasidagi bahslarda esa Noyob metallar ishlab chiqarish sexi ishchisi Noilaxon Toshqulova, Metallurgiya sexi ishchisi Nasiba Shodmonova, Energo sexi ishchisi Dilorom Xalilovalar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Birinchilik g’oliblari kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Ikrom Asanbaev,

MEZ sport yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech