http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Mukofot puli Dilbarga hadya etildi

on . Posted in Sport hayotidan

14 sentyabr kuni Mis boyitish fabrikasida sport yo’riqchisi Akrom Mamayusupov tashabbusi bilan kombinatimiz 70 yillik yubileyiga bag’ishlab 30 yosh va undan yuqori yoshdagi muhandis-texnik hodimlar o’rtasida mini futbol bo’yicha fabrika chempionati bo’lib o’tdi.

Shiddatli bahslarga boy bo’lgan chempionatda uchinchi o’rin 1-Maydalash sexiga, ikkinchi o’rin Mis-molibden konsentratlarini seleksiyalash va quritish sexi jamoasiga nasib etdi.

Barcha uchrashuvlarni ko’tariniki ruhda o’ziga xos mohirlik bilan o’tkazgan Maydalash va flotatsiyalash sexi jamoasi esa fabrika chempionligini qo’lga kiritdi. Shunisi ahamiyatliki, har bir jamoa kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan o’zlariga ajratilgan mukofot pulidan voz kechishdi. Ular sovg’a tariqasida berilgan 750 000 so’m mukofot puliga fabrika ishchisi Xurshid Shodmonovning xastalikka chalingan qizi Dilbar uchun dori-darmon olib berishdi. Eslatib o’tamiz, o’tgan haftada fabrika Yoshlar ittifoqi ko’ngilli yoshlari MBF va MEZ ishchilari orasida xayriya aksiyasini o’tkazib, 4 mln. so’m yig’ib berishgan edi. Mis boyitish fabrikasida bunday savobli ishlar qiluvchi diyonatli insonlar ko’payayotgani barchamizni quvontiradi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech