http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Stol tennisi

on . Posted in Sport hayotidan

21 sentyabr kuni Avtomobil transporti boshqarmasi avtokorxonalari va sexlari ishchilari, muhandis-texnik xodimlari o’rtasida sportning stol tennisi bo’yicha turnir tashkil etildi.

Kombinatning 70 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan turnir yakuniga ko’ra, ishchilar o’rtasidagi bahsda 3-avtokorxona jamoasi birinchi o’rinni egalladi. Traktor parki jamoasi esa ikkinchi o’ringa loyiq ko’rildi. 2-avtokorxona jamoasi uchinchi o’rin bilan kifoyalandi. Muhandis-texnik xodimlar o’rtasidagi bahslarda esa kuchli uchlikdan 3-avtokorxona ta’mirlash uchastkasi boshlig’i R.Abdug’aniev, Traktor parki ekspluatatsiya boshlig’i B.Niyazmetov, 2-avtokorxona energetigi B.Aripovlar joy olishdi. G’oliblar kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech