http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Ikkita oltin, bitta kumush va to’rtta bronza

on . Posted in Sport hayotidan

24-25 sentyabr kunlari Keles shahrida sportning erkin kurash turi bo’yicha 2003-2004 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida 10 ta vazn toifasida Toshkent viloyati birinchiligi bo’lib o’tdi.

Musobaqada 120 nafar yosh kurashchilar g’oliblik uchun gilamga tushishdi. Ushbu bellashuvda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi qoshidagi jismoniy tarbiya va sport bo’limi erkin kurash to’garagi a’zolari ham ishtirok etishdi. Jumladan, o’z vazn toifasida vakillarimizdan Ulug’bek Tursunov, Firdavs Safarovlar birinchi o’rinni, Hamroz Adhamov esa ikkinchi o’rinni egalladi. Rahmonjon Qo’chqorov, Samandar Abdunabiyev, Jasurbek Omanqulov, Artur Useinovlarga bir omad yetishmadi. Ular uchinchi o’rin bilan kifoyalanishdi.

Endilikda birinchilik g’oliblari 7-12 oktyabr kunlari Jizzax shahrida o’tkazilishi kutilayotgan O’zbekiston chempionatida qatnashishadi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech