http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

OKMK tengsiz

on . Posted in Sport hayotidan

28-29 sentyabr kunlari Andijon viloyatida texnik sport turlaridan sanalgan motokross bo’yicha O’zbekiston birinchiligi bo’lib o’tdi. Birinchilikda mamlakatimizning 18ta jamoasidan 120 nafar sportchi g’oliblik uchun bahs olib borishdi.

Ushbu birinchilikda OKMK Ijtimoiy ob’yektlar boshqarmasining texnik sport klubi murabbiyi Andrey Sazonov boshchiligidagi motkrosschilar ham ishtirok etishib, salmoqli natijalarni qayd etishdi. Jumladan, dvigateli  125 sm3 bo’lgan mototsikllar poygasida marraga birinchi bo’lib vakilimiz Emram Ablyazov yetib keldi. Shu yo’nalishdagi bahslarda yana bir vakilimiz Abrorbek Jumanov marra chizig’ini ikkinchi bo’lib kesib o’tdi.

Chz dvigatelli mototsikllar bahsida Shevket Suleymanovga teng keladigani topilmadi. 500 m3 dvigatelli mototsikllar poygasida Andrey Sazonov(kichigi) birinchi o’rinni egalladi. Shu yo’nalishda yana bir vakilimiz Sergey Vinogradov marraga uchinchi bo’lib yetib keldi. E’tiborlisi, OKMK jamoasi umumjamoa hisobida ham birinchilik g’olibi bo’ldi.

Mokrosschilarimizga ushbu birinchilik oktyabr oyining oxirida Olmotada o’tkazilishi kutilayotgan MDH kubogiga tayyorgarlik vazifasini o’tab berdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech