http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Motokrosschilarimizdan 70 yillikka ajoyib g’alabalar seriyasi

on . Posted in Sport hayotidan

17-21 oktyabr kunlari qo’shni Qozog’iston davlatining Olmota shahrida sportning texnik turlaridan sanalgan motokross turi bo’yicha “Xalqlar do’stligi” kubogi xalqaro turniri o’tkazildi.

Ushbu nufuzli turnirda OKMK Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasining texnik sport klubi a’zolari ham ishtirok etishib, sovrindor bo’lishdi. Jumladan, dvigateli 125 sm3 bo’lgan mototsikllar bahsida Shevket Suleymanov hamda dvigateli 500 sm3 bo’lgan mototsikllar poygasida Andrey Sazonov(kichigi)lar yaxshi natijalarni qayd etishdi. Oradan uch kun o’tib, ushbu xalqaro turnirning final bosqichi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida start oldi. 28 oktyabrga qadar davom etgan turnirning final bosqichida 20 marotaba O’zbekiston chempioni bo’lgan Andrey Sazonov(kichigi) Markaziy Osiyoda ham tengsiz ekanligini ko’rsatib qo’ydi. Va marraga birinchi bo’lib yetib keldi. Shevket ham o’z yo’nalishida tengsiz ekanligini namoyish etdi.  Yana bir vakilimiz Sergey Vinogradov esa marraga ikkinchi bo’lib yetib keldi.

Finalning yakuniga ko’ra, umumjamoa hisobida kombinat motopoygachilari birinchi o’rinni egallashdi. Turnir  bosqichlari yakuniga ko’ra, Andrey Sazonov shogirdlari rossiyalik va qozog’istonlik raqiblaridan keyin faxrli uchinchi o’ringa ko’tarilishdi.

Hozirda motokrosschilarimiz 9-10 noyabr kunlari shahrimizda o’tkazilishi kutilayotgan O’zbekiston kubogi bahslariga tayyorgarlik ko’rishmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech