http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Mirhosil chempion, Nodirbek va Lochinda kumush

on . Posted in Sport hayotidan

19-24 oktyabr kunlari Ukraina davlatida sportning universal jang turi bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tdi.

Ushbu nufuzli turnirda “Olmaliq KMK” AJ Idoraviy harbiylashtirilgan qo’riqlash xizmati xodimlari Nodirbek Egamberdiyev, Mirhosil Yo’ldoshboyev va Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi xodimi Lochin Xoljigitovlar ham ishtirok etib, salmoqli natijalarni qo’lga kiritishdi. Jumladan, o’z vazn toifalarida ishtirok etgan vakillarimizdan Mirhosil birinchi o’rinni egallab, jahon chempioni bo’ldi.

Lochin va Nodirbeklar esa faxrli ikkinchi o’rinni egallashdi.

Kombinat xodimlarining ushbu g’alabasi OKMKning 70 yillik yubileyiga munosib sovg’a bo’ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech