http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Sport  - sog’lik garovi

on . Posted in Sport hayotidan

Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga muntazam jalb etish maqsadida “Sport - sog’liq garovi” shiori ostida o’tkazilgan “Do’stlik spartakiadasi”ning Toshkent viloyati bosqichida filialimiz professor-o’qituvchilari ham ishtirok etishdi.

Chirchiq davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat agrar universiteti va Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali professor-o’qituvchilari sportning mini futbol, voleybol, badminton, stol tennisi  va shaxmat turlari bo’yicha kuch sinashishdi.  Yakuniy natijalarga ko’ra, mini futbol bo’yicha filialimiz erkaklar jamoasi g’olib bo’lishdi. Va Xorazmda o’tkaziladigan musobaqaning respublika bosqichida qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritishdi. Stol tennisi bo’yicha erkaklar o’rtasida “Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi” assistenti Laziz Yuldashev 1-o’rinni egallab, respublika bosqichida qatnashish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Shuningdek, voleybol sport turi bo’yicha ayollar guruhi 3-o’rinni, stol tennisi bo’yicha 2-o’rinni, badminton bo’yicha 3-o’rinni, shaxmat bo’yicha 2-o’rinni egallashdi.

B.G’oibnazarov,

Islom Karimov nomidagi TDTU

Olmaliq filiali sport klubi raisi.

D.Yusupov, filial sport o’qituvchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech