http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

“Alpomish va Barchinoy”

on . Posted in Sport hayotidan

31 oktyabr kuni Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi ishchi-xodimlari o’rtasida tashkil etilgan “Alpomish va Barchinoy” sport musobaqasi o’z yakuniga yetdi.

Musobaqada ishtirokchilar bir joyda turib uzunlikka sakrash, yerga yotgan holda gavdani ko’tarish(otjimaniya), 100 metrga yugurish, ayollar 2000 metrga kross, erkaklar 3000 metrga kross kabi shartlar bo’yicha musobaqlashdilar.

IOB bo’yicha ushbu sport turi yil davomida o’tkazilib, 1400 nafar ishchi-xodimlardan 850 nafari test sinovlarini ham topshirishdi.

Musobaqaning amaliy va nazariy shartlariga ko’ra, ayollar o’rtasidagi bahslarda 34-sonli MTT tarbiyachisi O’g’iloy Ashurmatova, 33-MTT musiqa rahbari Zarina Norboyeva, 39-MTT yordamchi tarbiyachisi Mahliyo Ahmadaliyevalar kuchli uchlikdan joy olishdi.

Erkaklar o’rtasidagi bahslarda esa “OKMK” sport majmuasi duradgori Ruslan Rafaelov birinchi o’rinni egalladi.

Ta’mir uchastkasi payvandchisi Hasan Turg’unov esa faxrli ikkinchi o’ringa loyiq ko’rildi. Ta’mir uchastkasining yana bir vakili, tokar Salohiddin Omonov esa uchinchi o’rin bilan kifoyalandi.

Musobaqa g’oliblari kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech