http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

2020 yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili

on . Posted in Sport hayotidan

Erkin kurashchilarimiz g’alabasi

2020 yilning 4-5 fevral kunlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 2001-2002, 2003-2005 yillarda tug’ilgan o’smirlar o’rtasida sportning erkin kurash bo’yicha ochiq turnir o’tkazildi.

Turnirda Andijon, Namangan, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoalari ishtirok etishdi.

Musobaqada 165 nafar sportchi 9 vazn toifasida g’oliblik uchun gilamga tushishdi. Murabbiylar Rafaelь Bolbaev hamda Abdumo’min Abdullayev murabbiyligi ostida vakillarimizdan 2003-2005 yillarda tug’ilganlar o’rtasidagi bahslarda Abduhoshim Abdujabborov va Firdavs Safarovlar birinchi o’rinni egallashdi. Shohsupaning ikkinchi pog’onasiga Rahmonjon Qo’chqorov, Abdumalik Sobirjonov, Shamrat Osmanovlar ko’tarilishdi.

Muhammad Nasriddinho’jayev, Diyor Turg’unov, Shohrux Abdusalamov, Hamroz Adhamovlar esa uchinchi o’rin bilan kifoyalandi.

2001 va 2002 yillarda tug’ilgan sportchilar o’rtasida kechgan bashlarda birinchi o’rinni Umar Badalov egalladi.

Ikkinchi o’rin esa Suhrobbek Mehmonqulov va Jasur Mirzaevlarga nasib etdi. Doniyor Shermatov hamda Behruzbek Mehmonqulov esa faxrli uchinchi o’rinni egalashdi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg’alar va medallar bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech