http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Konchi-yoshlar shashka musobaqasida

on . Posted in Sport hayotidan

Ishlab chiqarish korxonalarida yoshlarni ommaviy sport turlariga keng jalb etish, ularni jismonan baquvvat, mustahkam irodali, tafakkuri yetuk va ma’nan barkamol bo’lishlari hamda bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jamoalararo o’zaro madaniy-sport aloqalarini yo’lga qo’yish va ular o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirishga yo’naltirilgan sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar “Olmaliq KMK” AJ mehnat jamoalarida doimiy ravishda o’tkazib kelinadi.

Ayniqsa, aql-idrok o’yini sanalgan shaxmat-shashka sport turlarini yanada kengroq targ’ib qilish va ommalashtirish, uning qadimiy san’atini ma’naviyatimizning bir bo’lagi sifatida e’zozlash, yoshlarning mantiqiy tafakkur darajasini o’stirish maqsadida tashkillashtirilayotgan shaxmat-shashka musobaqalarida ishchi-yoshlar o’z iqtidorlarini ko’rsatgan holda faol ishtirok etmoqdalar. Kuni kecha ana shunday musobaqalardan biri Kovuldi konida 2020 yil - “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ga bag’ishlab o’tkazildi. Konchi-yoshlar o’rtasida tashkil etilgan ushbu shashka musobaqasi turniri qizg’in bahslarga boy bo’ldi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda faxrli 1-o’rin g’olibligini kon chizmachisi Mahliyo Xoldorova qo’lga kiritdi. 2-o’rin xodimlar bo’limi inspektori Anvar Mannapovga nasib etdi. 3-o’ringa esa tog’ jinslarini maydalovchisi Baymirza Shnedov loyiq topildi.

G’oliblar OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

Hamid BORLIBOYEV,

Kovuldi koni sport yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech