http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Shahrimiz karatechilariga g’alaba muborak!

on . Posted in Sport hayotidan

Sog’lom turmush tarzi tarafdorlari uchun sport hayotining muhim ajralmas qismi hisoblanadi.

Bu borada mamlakatimizda ham yoshlarga ko’plab sharoitlar yaratilmoqda. Berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda sportchilarimiz turli musobaqalarda faxrli o’rinlarni egallashmoqda.

Joriy yilning 1-2 fevral kunlari qo’shni Qirg’iziston Respublikasida “Karate-WKF” sport turi bo’yicha “Bishkek Open” musobaqasi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston, Qozog’iston, Rossiya, Tojikiston, Qirg’iziston davlatlaridan 800 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Musobaqada Toshkent viloyati jamoasi 14 ta medalni qo’lga kiritdi. Bulardan 2 nafari hamshaharlarimiz ekanligi bizni quvontirdi. Xususan, “Olmaliq KMK” AJ Markaziy ta’mirlash mexanika zavodida 10 yildan buyon tokarlik vazifasini bajarib kelayotgan Azizxo’ja Qosimov murabbiyligidagi Ravshan Turdiboyev 1-o’rinni, Zilola Abduqayumova 3-o’rinni qo’lga kiritib, shahrimizga g’alaba bilan qaytishdi.

Musobaqa g’oliblari 2020 yil may oyida Malayziyada bo’lib o’tadigan Osiyo chempionati musobaqasi yo’llanmasiga ega bo’lishdi. Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda omad tilaymiz!

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech