http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Shashka bo’yicha musobaqa

on . Posted in Sport hayotidan

16 fevral kuni kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi qoshidai jismoniy tarbiya va sport bo’limi shaxmat klubida Mis eritish zavodi ishchilari o’rtasida shashka bo’yicha turnir o’tkazildi.

Erkaklar o’rtasida kechgan bahsda Sulfat kislotasi sexi eletkromonteri Alisher Yuldashev birinchi o’rinni egalladi. Xuddi shu sexning yana bir vakili Vozil Kaliyev esa ikkinchi o’rinni band etdi. Oltin va kumushni affinajlash sexi ishchisi O’tkir Jonsaidov esa faxrli uchinchi o’rinni egalladi.

Ayollar o’rtasidagi bahslarda Nihola Parmanqulova(operator), Gulnora Kalieva(Sulfat kislotasi sexi elektromonteri), Dilorom Xalilova(Energo sex ish taqsimlovchisi)lar kuchli uchlikdan joy olishdi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Sanobar Norinboyeva,

MEZ kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech