http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Sport hayotidan

Andrey - Qalmoqqir KB chempioni

on . Posted in Sport hayotidan

Qalmoqqir kon boshqarmasi ishchi-xodimlari o’rtasida aql gimnastikasi bo’lgan shaxmat bo’yicha chempionat tashkil etildi.

Unda kon boshqarmasining karyer va uchastkalaridan jami bo’lib 12 nafar ishtirokchi g’oliblik uchun dona surishdi.

Chempionat yakuniga ko’ra, Qalmoqqir KB Yoshlar ittifoqi raisi Abbos Tursunov faxrli uchinchi o’rinni egalladi. Ustki qatlam karyeri tog’ ustasi Hamza Abdullayev esa chempionatda ikkinchi o’ringa munosib ko’rildi. Maxsus elektr ishlari uchastkasi elektrchilangari Andrey Tyumentsev esa barcha raqiblarini mot qilgan holda Qalmoqqir kon boshqarmasi chempioni bo’ldi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Elmurod HAMDAMOV,

Qalmoqqir KB sport yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech