Sport hayotidan

AGMK jamoasi koronavirusga test topshirdi

on . Posted in Sport hayotidan

AGMK jamoasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, karantin tufayli deyarli ikki oydan ko’proq vaqtni uyda o’tkazgan va yakka tartibda shug’ullanib turgan klub futbolchilari 1 iyun kuni klub qarorgohiga yig’ilishdi.

Jamoa a’zolari yig’in o’tkazishdan avval SSV huzuridagi SEOAga qarashli Olmaliq shahri SEOM xodimlari tomonidan Covid-19ga test tahlillarini topshirishdi va hech kimda koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi murabbiylar shtabi futbolchilarga mashg’ulot o’tkazishidan avval, jamoa bosh shifokori Islom Abayev tomonidan yana bir bor tibbiy nazoratdan o’tkazilgan futbolchilar kunning ikkinchi yarmida qarorgohdagi maydonda shug’ullanishdi. Qayd etish kerakki, mashg’ulot tegishli sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga qat’iy amal qilgan holda o’tkazildi.

Shu tariqa jamoaviy mashg’ulotlarni uzoq kutgan va yashil maydon hamda jamoaviy muhitni sog’ingan AGMK futbolchilari tartib qoidaga amal qilgan holda a’lo kayfiyat bilan qizg’in o’tgan mashg’ulotni yakunlashdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech