http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Boyituvchilarning ijtimoiy manfaatlari yo’lida

on .

Ma'lumki, bugungi kunda "Olmaliq KMK" AJ 2-Mis boyitish fabrikasi kasaba uyushma qo’mitasi tarkibida 10 nafardan ziyod qo’mita a'zolari va yetakchilari faoliyat yuritib keladi.

Etarli bilim va ish tajribalariga ega bo’lgan tashkilot a'zolari yillik ish rejasi, madaniy-ommaviy, ma'naviy-ma'rifiy, sport-sog’lomlashtirish kalendar ish rejalariga muvofiq o’z ish yo’nalishlarini tashkil etib, bu borada ma'lum tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, ular tomonidan mehnatkashlarni ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, dam olishlarini tashkil etish, huquqiy madaniyatini oshirish, salomatliklarini muhofaza qilish, oila a'zolarini sport va jismoniy tarbiyaga jalb etish, nuroniylarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, jamoa faollarini taqdirlash masalalari namunali olib borilmoqda. Shuningdek, kombinat jamoa shart-nomasida belgilanganidek, mehnat va ishlab chiqarish intizomini mustahkamlash maqsadida kasaba uyushma a'zolari orasida doimiy tushuntirish suhbatlari, madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlari ham korxona ma'muriyati bilan hamkorlikda tashkillashtirilib kelinayapti. Birgina joriy yilning o’tgan to’rt oyi davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qiladigan bo’lsak, kasaba qo’mitasi tomonidan bu yilgi "Sog’lom ona va bola" yili davlat dasturi doirasida "Farzand aziz - ona mo’'tabar",  "Sog’lom ona – sog’lom bola", "Faxriylar faxrimiz" nomli ma'rifiy tadbirlar, tokarlar, mashinistlar, flotatorlar o’rtasida kasb mahorati bo’yicha "Eng yaxshi flotator", "Eng yaxshi maket" ko’rik-tanlovlari, "Zakovat" intellektual o’yinlari keng tashkilotchilik ostida o’tkazildi. Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha ma'ruzalar va davra suhbatlari davomida ishchi-xodimlar  o’zlariga zarur bo’lgan ma'lumot va bilimlarni olishdi. Bundan tashqari, fabrikada mehnatkashlar va ularning oila-a'zolarini sport va jismoniy tarbiyaga jalb etish yo’lida o’tgan oylar davrida ishchi-xodimlararo stol tennisi, shaxmat, badminton, armrestling kabi sport musobaqalari o’tkazib borildi.

Korxonada ishchi-xodimlarning maroqli dam olishlari va salomatliklarini tiklashlari uchun ularning jami 50 nafarga yaqiniga kombinat va O’zbekistonda joylashgan sanatoriylarga, "Oltin olma" pansionatiga yo’llanmalar ajratildi. "Sog’lom ona va bola yili" munosabati bilan kombinat kutubxonasi xodimlari va shifokorlar ishtirokida o’tgan oylar davomida turli davra suhbatlari va ma'ruzalar tashkil etildi. Yillik reja asosida har bir ishchi- xodimning o’z vaqtida shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyimlar va profilaktik ovqatlanish talonlari bilan ta'minlanishi, maishiy binolarning holati kabi ishlar doimo nazorat ostida. Sarhisob oylarida fabrikada baxtsiz hodisalarning qayd etilmagani vazifalar qat'iy ravishda amalga oshirilayotganidan dalolatdir.

Abror MADUMAROV,

2-MBF kasaba uyushma qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech