http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Tarbiyachilar - mehnat faxriysi

on .

Dunyoda kasb-korlar juda ko’p. Ana shu kasb-korlar ichra bir kasb borki, bu soha o’z egalaridan nafaqat mas'uliyatni, bilimni, ishga bo’lgan jiddiy munosabatni, balki qalb go’zalligini ham talab etadi.

Bu go’zallikka bolalarga bo’lgan mehr-muhabbat uyg’unlashgan bo’lishi shart. Bu kasb egalari - tarbiyachilardir.

Bolalarga ota-onani, vatanni, rangin dunyoni ilk bora tanitadigan, qalam ushlashni, bo’yoqlar bilan ishlashni o’rgatadigan, qalbi osmon, irodasi mustahkam, yuragi mehrga to’la bo’lgan tarbiyachilargina bu yo’lda sobit turadilar. Ana shundaylargina faxriy tarbiyachi degan maqomga munosib bo’la oladilar. 

O’zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlarining kasb bayrami arafasida IOB tasarrufidagi bolalar boqchasida uzoq yillar tarbiyachi-pedagog bo’lib ishlab kelgan 32 nafar tarbiyachilarga "Mehnat faxriysi" ko’krak nishoni topshirildi. Ikki nafar tarbiyachiga kombinat Faxriy yorlig’i va yana ikki nafar tarbiyachi qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech