http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

"Sog’lom ona va bola yili" - dasturi amalda

on .

Oila va onalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, jamiyatda onalarga alohida hurmat-e'tibor muhitini shakllantirish, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilaning mustahkam, sog’lom va ahil bo’lishida davlat hamda jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish maqsadida "Sog’lom ona va bola yili" Davlat dasturi tasdiqlandi.

Ushbu dastur ijrosini ta'minlash maqsadida kombinat kasaba uyushmalari tomonidan bir qancha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, turli mavzularda davra suhbatlari o’tkazib kelinmoqda. Shu jumladan, Uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi rahbariyati va kasaba uyushma qo’mitasi hamkorligida "Sog’lom ona va bola yili" munosabati bilan tashkiliy ishlar va turli xil musobaqalar amalga oshirilib borilayapti. Bugungi kunda boshqarmada 378 nafar ishchi-xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ularning 180 nafarini xotin-qizlar tashkil etib, joriy yil birinchi choragi davomida ishchi ayollarimiz va ular farzandlarining sog’liqlarini tiklash maqsadida 1 nafar ona va bolaga kasaba uyushmamiz tomonidan sanatoriy-profilaktoriyga bepul yo’llanma ajratildi. Tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, ishchi-ayollarimiz ishtirokida "Ayol huquqlari" mavzuida davra suhbati o’tkazildi. 8 mart - Xotin-qizlar kuni va Navro’z bayramlari munosabati bilan mehnat faoliyatida alohida jonbozlik ko’rsatgan xotin-qizlarimizga qo’mitamiz tomonidan esdalik sovg’alari taqdim etildi. Bundan tashqari, ishchi-xizmatchilarimizning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularni tizimdagi sanatoriylarda sog’lomlashtirish, farzandlarini moddiy va ma'naviy qo’llab-quvvatlash hamda oromgohlarda dam oldirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech