http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ma'naviyat va ma'rifat yo’lida

on .

Dunyodagi har bir millat o’z tarixiga ega. Tarixni o’rganish hamma zamonlarda ham muhim va ahamiyatli hisoblangan. Zero, har qanday millatning buguni va istiqbolini uning o’tmishidan, tarixidan ayri tasavvur etib bo’lmaydi.

Istiqlol sharofati bilan o’zligimizni, qanday buyuk zotlarning avlodi ekanligimizni angladik, bunyodkor va yaratuvchan xalq sifatida mamlakatimizning ulkan imkoniyatlarini butun olamga namoyon qila oldik. Istiqlol bois, biz uchun dunyo eshiklari, manfaatli hamkorlik yo’llari ochildi.

O’tgan yillar mobaynida mamlakatimizda amalga oshirilgan tub o’zgarishlar, islohotlar milliy qadriyatlarimizni tiklash, bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirish, davlatimiz va xalqimiz xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, kelajagimiz egalari bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi harakatlar o’z mevasini bera boshladi. Inson manfaatlarini har jihatdan ta'minlash, aholi hayot darajasi va farovon turmushini oshirish, jismoniy va ma'naviy jihatdan sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosi bo’lib qolmoqda. "Olmaliq KMK" AJ Kasaba uyushmalari Kengashi xotin-qizlar qo’mitasi ijtimoiy, iqtisodiy sohaga yo’naltirilgan davlat siyosatining ana shu ustuvor yo’nalishiga muvofiq ravishda o’z yo’nalishi va maqsadli rejalariga ega. Joriy yil uchun ishlab chiqilgan ish rejasiga muvofiq, ishlab chiqarish va jamoatchilik ishlarida faol bo’lgan bir guruh kombinat xotin-qizlari kuni-kecha mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahriga sayohat uyushtirib, bir qator ziyoratgohlar, madaniy-ma'rifiy maskanlarda bo’lib qaytishdi. "Zangi ota" ziyoratgohiga

tashrif chog’ida biz buyuk ajdodlarimizning ma'naviy-ma'rifiy merosini qanchalik bebaho ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qildik. "Barkamol avlod" bolalar ijodiyoti respublika markaziga qo’yilgan eksponatlar bilan tanishar ekanmiz, mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlarning amaldagi natijasiga guvoh bo’ldik.

O’zbekiston milliy liboslar galeriyasidagi nafis liboslar va matolarni ko’zdan kechirar ekanmiz, sharqona madaniyatning tomirlari bugungi kun nafasi bilan yanayam jozibali uyg’unlik kasb etganini his qildik. O’zbek milliy romanchiligining asoschisi, buyuk adib Abdulla Qodiriy nomi bilan yuritiluvchi istirohat bog’idagi hordiq, ma'naviy buyukligimiz namunasi bo’lgan Alisher Navoiy nomidagi milliy bog’da olingan taassurotlar bir olam bo’ldi. Muqimiy nomidagi musiqali va komediya teatri ijodiy jamoasi tomonidan buyuk ajdodimiz mir Alisher Navoiy qalamiga mansub "Layli va Majnun" dostoni asosida sahnalashtirilgan teatrni tamosha qildik. Bu o’lmas muhabbat dostonida tarannum etilgan insoniylik, ezgulik, sadoqat tuyg’ulari barcha muxlislarni jo’shqinlashtirgan holda olqishlarga sazovor bo’ldi. Bir so’z bilan aytganda, Toshkentga sayyoqatimiz sermazmun va taassurotlarga boy bo’ldi. Olingan ma'naviy ozuqa esa korxonalarda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yanada  keng jabhada olib borishga xizmat qilishi shubhasiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech