http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Xayr, jonajon bog’cham!

on .

Har qanday jamiyatning istiqboli, kelajak taraqqiyotini unda kamol topayotgan yosh avlodning intellektual salohiyati bilan baholash mumkin.

Istiqlol yillaridan boshlab mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma'nan barkamol insonlar etib tarbiyalash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Farzandlarimizning ilm-ma'rifat va taraqqiyot cho’qqilarini egallashi hamda o’z salohiyatlarini namoyon etishlari uchun imkoniyatlar yaratib berildi. Bugun barcha shart-sharoitlarga ega maktabgacha ta'lim muassasalari, umumta'lim o’rta maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik lisey va oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma'rifat sirlarini o’rganayotgan, axborot texnologiyalarini chuqur biladigan, ikki, uch tilda bemalol so’zlasha oladigan minglab yoshlarimiz timsolida amalga oshirilayotgan ishlar samarasini ko’rib turibmiz. har qanday bilimning asosi maktabgacha ta'lim muassasalarida qo’yiladi. OKMK tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan kombinat mehnatkashlarining farzandlari har tomonlama ta'lim-tarbiya olishlari uchun bugun yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanilgan holda bolalarga ta'lim-tarbiya berishning eng ilg’or texnologiyalari joriy etib borilayapti. Ayni kunlarda maktabgacha ta'lim muassasalarida o’tkazilayotgan "Xayr bog’cham, salom maktab!" nomli ma'rifiy tadbirlar yuqoridagi fikrimizning isboti bo’la oladi. Joriy o’quv yilida kombinat maktabgacha ta'lim muassasalari tayyorlov guruhlarining 500 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilari qadrdon bog’chalari bilan xayrlashib, umumiy o’rta ta'lim maktablarining birinchi sinflariga qadam qo’yishadi.

Lyudmila Popova rahbarlik qilib kelayotgan 22-sonli MTMda kuni-kecha bog’cha tarbiyalanuvchilarini ilm dargohiga kuzatish tadbiri o’tkazildi. Tayyorlov guruhi tarbiyachilari Aziza Nazirqulova va Munojat Karimovalar o’z tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda tadbirga sermazmun badiiy dastur hozirlashdi. "Xayr bog’cham, salom maktab" ma'rifiy tadbirda xalqlararo do’stlikning bolajonlar talqinida tasvirlanishiga alohida e'tibor qaratildi. Mamlakatimizda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning udumlari, an'analari va san'ati namunalari tadbirda raqs, qo’shiqlar, she'rlar talqinida namoyish etildi. Bolajonlar o’z sevimli qahramonlari va ota-onalariga Boshlang’ich savodxonlikda egallagan bilimlarini ko’rsatib berishdi. Ta'lim muassasasining yosh mutaxassisi Alisher Usmonov tadbir dasturi musiqiy va metodik tayyorlanishiga mohirona rahbarlik qilgani e'tiborga molikdir. 

Tadbir so’nggida jonajon bog’chalari bilan xayrlashayotgan bolajonlarga ramziy diplom va esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech