Tadbirlar

Biz sportni tanladik

on .

Jismonan sog’lom, har tomonlama yetuk barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mehnat jamoasining bu borada mavqeini mustahkamlash va shu asosda oilalar barqarorligini ta'minlash, yoshlarning yuksak ma'naviy-ma'rifiy tarbiya olishiga amaliy yordam berish "Olmaliq metallurgqurilish" tresti xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi faoliyatining asosiy maqsadlaridan biridir.

Shu maqsadga erishish hamda "Sog’lom ona va bola yili" dasturi doirasida kuni-kecha bunyodkor xotin-qizlar oilalari o’rtasida sport ko’pkurash musobaqalari o’tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan  olti nafar ayollarimiz va ularning farzandlari arg’amchida sakrash, yugurish, tennis to’pini olib yurish, masofaga sakrash kabi bahslarda o’zaro bellashishdi. Oilaviy musobaqa kutilganidan ham qizg’in kurashlar ostida o’tdi. Har bir oila har bir estafetada yuqori natijalarni qayd etishga harakat qilib bordi. Trestning Mehnat va mehnatga haq to’lash bo’limi muhandis-texnologi Vasila Ergasheva uning oilasi shohsupaning yuqori pog’onasini zabt etdi. Hamkasb dugonalar trest hisobxonasi hisobchilari Irina Tyan va Zarema Berdiqulovalar sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritishdi. Musobaqa g’oliblari kombinat Kasaba uyushmalari Kengashining diplomlari va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

D.ASRAEVA,

OMQT xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech