Tadbirlar

Oilamiz bilan mazmunli hordiq

on .

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, aholi farovonligi, oilalar mustahkamligi, yoshlar siyosati yo’nalishidagi barcha chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati kelajagi buyuk davlatni barpo etish, uning asnosida o’g’il-qizlarimizni komil shaxs qilib shakllantirish, oilalar barqarorligini mustahkamlashga qaratilgandir.

Ixtisoslashtirilgan ta'mir ishlari boshqarmasi kasaba uyushma qo’mitasining Madaniy-ommaviy ishlar komissiyasi ish rejasini ishlab chiqishda biz aynan ana shu jihatlarga e'tiborni qaratdik. Belgilangan tadbirlarning o’z vaqtida va mazmunli o’tkazib borilishi ta'mir boshqarmamiz jamoasi e'tirofini qozonib kelayapti.

1 iyun - Bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlab "Bolajon" istirohat bog’ida mehnatkashlarimiz oilalari bilan ommaviy dam olish tadbirini o’tkazdik. Tadbirda qatnashgan bolajonlar, topishmoqlarga javob topish, raqsga tushish, asfaltga rasm chizish tanlovlari va epchillik musobaqalarida o’z iqtidorlarini namoyish qilishdi. Tanlov g’oliblari qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Eng muhimi, ta'mirchilar oilalari va ularning farzandlari o’rtasida samimiy do’stona aloqalarni mustahkamlash, yangi ish haftasi uchun yangi kuch-quvvat va ruhiy dalda berilishiga muvaffaq bo’lindi.

Boshqarma kasaba uyushma qo’mitasi bolajonlarimizning ta'til kunlari uchun ham yuqoridagi kabi ko’plab qiziqarli madaniy-ma'rifiy tadbirlarni belgilab olgan.

N.ALIMOVA,

ITIB kasaba uyushma qo’mitasi faoli

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech