http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Konchilar ijtimoiy muhofazasi - faoliyatimizning muhim asosidir

on .

Qalmoqqir kon boshqarmasi kasaba uyushmasi qo’mitasi tarkibida 12 ta sex kasaba uyushmasi qo’mitasi va 8 ta doimiy komissiyalar ish faoliyatini Nizom talablari asosida olib bormoqda.

Qayd etilganidek, Qalmoqqir KB kasaba uyushmasi qo’mitasi mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlar va yoshlar, mehnat faxriylari hamda nafaqadagi nuroniylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash maqsadida o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ, kasaba uyushmalari Kengashi Nizomi hamda jamoa shartnomasiga asoslangan holda yuritib keladi.

Bugunga kelib Qalmoqir KB kasaba uyushmasi qo’mitasi a'zolari 1600 nafarni tashkil etib, shulardan 1270 nafari ishchi-xodimlar, 350 nafari qarilik nafaqasidagi faxriylar hisoblanishadi. Boshqarma kasaba uyushmasi qo’mitasi va uning tasarrufidagi komissiyalarning to’laqonli faoliyat olib borishlari uchun korxonada barcha shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, ayni damda mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi masalalari, jismoniy tarbiya va sportga oid tadbirlar, yoshlar va xotin-qizlar ijtimoiy himoyasi, ommaviy-tashkiliy ishlar hamda mehnat nizolari kabi barcha belgilangan masalalar qo’mita a'zolari tomonidan o’z vaqtida amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada ayniqsa, qo’mita  qoshidagi mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi komissiyasining 22 nafar jamoatchi vakillarining xizmatlari alohida ahamiyat kasb etayapti. Jumladan, komissiya tashkilotchiligi ostidagi ishchi-xodimlarning mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligiga oid bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlash ma?qsadida o’tkazilayotgan kasb mahorati ko’rik-tanlovlari, bellashuvlar hamda o’quv mashg’ulotlari diqqatga molik bo’lmoqda. Sport ishlari borasida burg’ulash uskunasi mashinisti yordamchisi, jismoniy tarbiya va sport komissiyasi raisi Elmurod Hamdamov zimmasidagi ma'suliyatni talab darajasida oqlab kelayapti. Shu yilning may oyida Qalmoqqir KB jamoasining tosh ko’tarish sporti bo’yicha o’tkazilgan kombinat musobaqasida mutlaq g’oliblikka erishgani yuqoridagi e'tirofning yaqqol isbotidir. Bir necha yillardan buyon tokarlik kasbini etagidan tutib, mehnat faoliyatini yoshlar bilan hamohang tarzda davom ettirib kelayotgan Adham Businovni ham izlanuvchan, yoshlarni bir maqsad yo’lida birlashtira olishga qodir ishchilardan, desak xato bo’lmaydi. Uning yo’lboshchiligida tuzilgan bilimdon yoshlarimiz jamoasi joriy yil rejasiga kiritilgan "Zakovat" intellektual o’yinlarida, "Quvnoqlar va zukkolar" bahslarida o’z bilim va mahoratlarini namoyon etgan holda bilimdonlar shohsu-pasining yuqori pog’onasini egallashni maqsad qilishgan.

Qalmoqqir KBda xotin-qizlar soni ozchilikni tashkil etsada, ular manfaatlarini himoya qilish muhim va ustuvor vazifalarimizdan biridir. Bu borada ham Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyamiz o’z ish rejasiga ega bo’lib, unga muvofiq komissiya raisi Nisso Bayramova boshchiligida ishchi-xodimlar farzandlariga maktabgacha ta'lim muassasalariga  yo’llanmalar berish hamda homiylikka olingan 4-sonli MTMda rejali tekshiruvlarni o’tkazish muntazam ravishda amalga oshirib kelinmoqda. Turli ommaviy va sport musobaqalaridagi boshqarmamiz xotin-qizlarining faol ishtiroki sog’lom mehnat muhitini ta'minlab borayotgani quvonarli holdir.

Bir necha yildirki, ommaviy va tashkiliy ishlar bo’yicha komissiyani uchastkamiz geologi Natalya Yusupova mohirona boshqarib kelmoqda. Mazkur komissiya a'zolari tomonidan konchi-metallurglar kasb bayrami munosabati bilan "Eng yaxshi ekskavator-mashinisti" kasb-tanlovining yuksak saviyada o’tkazilgani tashkilotchilar ishining qat'iy asoslarda olib borilayotganligini ko’rsatadi. Bundan tashqari, ommaviy va tashkiliy ishlar bo’yicha komissiyamiz ham o’z ish uslublari doirasida belgilangan vazifalarni oqilona amalga oshirishga odatlanishgan. Jamoaviy nizolar, ish beruvchi yoki xodimlar o’rtasidagi muammoli masalalar kabi vaziyatlarda komissiya a'zolari ziddiyatlarni haqqoniy va talab darajasida hal etishga mas'uliyat bilan yondoshishadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Qalmoqqir kon boshqarmasi kasaba uyushmasi qo’mitasi tarkibidagi komissiyalarning barqaror faoliyati, shuningdek, ishchilar umumiy ovqatlanish oshxonasida tayyorlanayotgan taomlar, korxonamiz qoshidagi tibbiyot punktida konchilarimizga ko’rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, ishchi-xodimlarning maxsus ish kiyimlari bilan o’z vaqtida ta'minlanishini nazorat qilishga qaratilgan kuchaytirilgan e'tibor bugun boshqarmamiz mehnat jamoalari ishlab chiqarish yutuqlarining bosh omiliga aylanmoqda.

O. ABDURAIMOV,

Qalmoqqir KB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech